Xodimlar va jihozlar

Har keyingi xodim yoki jihoz qimmatroq, xodimlar har daqiqa maosh oladi. Quyida to‘liq narxlar jadvali va qaysi tartibda yollash foydali ekani.

Bepul · ro‘yxatdan o‘tmasdan · telefon va kompyuterda

Xodimlar va jihozlar

Narxlar jadvali

NomiSoniNarxi (har keyingisi)Maosh/daqTa’siri
Uskuna4120 000 → 800 000 → 2 500 000—Yana bitta uskuna — mahsulot tezroq ko‘payadi
Kassir4180 000 → 324 000 → 583 000 → 1 050 0006 000Kassada o‘zi sotadi — har kassaga bittadan
Kassa4450 000 → 1 100 000 → 2 400 000—Yana bitta kassa va navbat — unga kassir yollang yoki o‘zingiz turing
Tashuvchi6260 000 → 416 000 → 666 000 → 1 065 000 → 1 704 000 → 2 726 0005 000Mahsulotni uskunadan peshtaxtaga tashiydi
Stol6250 000 → 363 000 → 526 000 → 762 000 → 1 105 000 → 1 602 000—Xaridor o‘tirib ovqatlanadi — 1,5 baravar to‘laydi (xizmat kerak)
Ofitsiant3380 000 → 608 000 → 973 0007 000Buyurtmani stolga olib boradi, bo‘sh paytida stol artadi
Farrosh1300 0004 000Iflos stollarni darhol tozalaydi
Tezlik5350 000 → 770 000 → 1 694 000 → 3 727 000 → 8 199 000—Uskunalar tezroq tayyorlaydi
Reklama5450 000 → 990 000 → 2 178 000 → 4 792 000 → 10 542 000—Do‘koningizga ko‘proq xaridor keladi
Menejer1900 00010 000Kassadagi pulni o‘zi cho‘ntagingizga soladi
Skuter41 400 000 → 2 520 000 → 4 536 000 → 8 165 000—Buyurtmani uyga yetkazadi (+25 %)
Qo‘riqchi1600 0006 000O‘g‘rilar do‘konga yaqinlashmaydi
Buxgalter11 500 0008 000Soliqni 40 % kamaytiradi
Vitrina21 200 000 → 3 600 000—Uskuna va peshtaxta sig‘imi kattaroq

Maoshlar va ijara har 30 soniyada egasining pulidan yechiladi; pul yetmasa xodimlar ish tashlaydi (💸) — kassadagi pulni yig‘ib qarzni to‘lang.

Yollash tartibi

  1. Kassir — siz peshtaxtadan ozod bo‘lasiz; tashuvchi — mahsulotni o‘zi tashiydi. Shundan keyin do‘kon sizsiz ishlaydi.
  2. Menejer — kassadagi pulni yig‘adi, o‘g‘riga ham kam qoladi.
  3. Uskuna 2–3 va kassa 2 — navbat qisqaradi, savdo ikki baravar.
  4. Stol + ofitsiant — mijozlar 1,5 baravar to‘laydi; farrosh stollarni bo‘shatadi.
  5. Reklama va tezlik — oqim va quvvat; qo‘riqchi — kassada 40 ming so‘mdan ko‘p pul to‘plansa, albatta.
  6. Buxgalter — shahar do‘konida (soliq 12 %) o‘zini tez oqlaydi; skuter va vitrina — qimmat mahsulotlarga.

Xodimlarni ikki do‘konda ishlatish

Kassir, menejer, ofitsiant, farrosh va qo‘riqchini ikkinchi do‘koningizga o‘tkazish yoki bo‘lishish mumkin: bo‘lishilgan xodim 40 soniya bir do‘konda ishlab, ko‘cha bo‘ylab ikkinchisiga yuradi (4 m/s). Uzoq do‘konlar orasida yo‘lda vaqt yo‘qoladi — yaqin do‘konlar uchun foydali. Buxgalter faqat o‘tkaziladi.

Ko‘p so‘raladigan savollar

Xodimlar nega ish tashladi?

Maosh, ijara yoki soliq to‘lanmagan (💸 belgisi). Kassadagi pulni yig‘ing — avval qarz to‘lanadi, keyin xodimlar ishga qaytadi.

Ijara qancha?

Joy narxining 0,6 % har daqiqa, eng arzon do‘koningizdan tashqari hammasi uchun. 20 mln so‘mlik shahar joyi daqiqasiga 120 ming so‘m turadi.

Yana qarang