Qum Front — qo‘llanma

Qum Front — cho‘lda real vaqtli strategiya: kristall yig‘ing, baza quring, askar, raketachi, tank, artilleriya, vertolyot va samolyotlardan qo‘shin tuzib dushman binolarini yo‘q qiling. 6 kishigacha onlayn, jamoalar bilan. Boshlang‘ich pul — 600.

Bepul · ro‘yxatdan o‘tmasdan · telefon va kompyuterda

Qum Front — qo‘llanma

Iqtisod

Hamma narsa kristallga quriladi. Yig‘uvchi (50) kristall konidan omborga tashiydi — konga yaqin ombor qurish yo‘lni qisqartiradi. Oyin boshida 2–3 yig‘uvchi oling, keyin kazarma va minora bilan bazani himoya qiling.

Binolar

BinoNarxHPVazifasi
🏛 Shtab01800Asosiy bino. Yig'uvchilar tayyorlaydi
📦 Ombor150500Kristall topshirish nuqtasi (konlar yonida quring)
⛺ Kazarma200700Askar va raketachilar tayyorlaydi
🏭 Zavod4001000Tank, Zenit va Artilleriya ishlab chiqaradi
🗼 Minora250550Mudofaa minorasi (yer va havo nishonlariga otadi)
🛫 Aerodrom500900Vertolyot va samolyot ishlab chiqaradi
📡 Radar300600Uzoqni ko'radi. Sun'iy yo'ldosh skaneri butun xaritadagi tumanni vaqtincha ochadi
☢ Yadro shaxtasi15001400Yadro raketasi. Qurilgandan keyin tayyor bo'lishi uchun vaqt kerak. Portlash hamma narsani yo'q qiladi — o'zingiznikini ham!

Shtab — bazaning yuragi, u yo‘q bo‘lsa o‘yin tugaydi. Radar tuman (fog of war) ni ochadi, yadro shaxtasi (1500) — eng kuchli qurol, lekin qimmat va sekin.

Qo‘shinlar

Qo‘shinNarxHPTezlikMasofaZarbaTavsif
🚚 Yig'uvchi509075——Kristall yig'adi va bazaga olib keladi
🪖 Askar6080621209Piyodalarga qarshi yaxshi
🚀 Raketachi110705517032Texnika, bino va havo nishonlariga qarshi
🛡 Tank2503408016038Universal jangovar texnika
🎯 Zenit3002607626014Havoga qarshi tank: vertolyot va samolyotlarni tez urib tushiradi
💥 Artilleriya3501604834070Uzoqdan otadi, portlash hududi katta
🚁 Vertolyot45024011519020Uchadi, binolar ustidan o'tadi, havo va yer nishonlariga raketa otadi
✈ Samolyot60018027050110Tez bombardimonchi: nishonga bomba tashlab, Aerodromga qaytib qayta qurollanadi

Askar arzon va ko‘p, raketachi tanklarga qarshi, zenit — vertolyot va samolyotga. Artilleriya uzoqdan uradi, lekin yaqin jangda ojiz. Havo qo‘shini (aerodrom kerak) tez, lekin zenitdan qo‘rqadi.

Rejimlar va jamoalar

  • Yakka o‘yin: 5 tagacha kompyuterga qarshi, 3 daraja — Oson, O‘rta, Qiyin (kompyuter daromadi va to‘lqinlari farq qiladi; Qiyinda yadro ham ishlatadi).
  • Onlayn: 4 raqamli xona kodi bilan 6 kishigacha. Jamoa tartibi: hamma hammaga qarshi, 2 jamoa, 3 jamoa.
  • Boshqaruv: sichqoncha bilan tanlash va buyruq (o‘ng tugma — yurish/hujum), telefonda — bosish va sudrash; raqamli guruhlar.

Maslahatlar

  1. Birinchi 2 daqiqa — iqtisod: yig‘uvchilar va ombor, keyin kazarma.
  2. Aralash qo‘shin: askar + raketachi + zenit — hech qaysi dushman turi ustun kelmaydi.
  3. Radar quring — dushman qayerdan kelayotganini ko‘rasiz.
  4. Dushman yig‘uvchilarini uring — kristallsiz baza o‘ladi.

Ko‘p so‘raladigan savollar

Qum Front telefonda ishlaydimi?

Ha — brauzerda, bosish va sudrash bilan; kompyuterda sichqoncha va klaviatura qulayroq.

Nechta xarita bor?

6 ta: Qum Tepalar, Vohalar, Tog' Dovoni, Olti Yulduz, Tuz Ko'li, Katta Sahro — kichikdan juda kattagacha, 4–6 o‘yinchi.

Yana qarang