Avtodrom mashqlari — B toifa

Amaliy imtihon avtodromda 15 mashqdan iborat (IIV vazirining 18.01.2024 dagi 27-son buyrug‘i; ketma-ketlik — Toshkent imtihon markazi tartibi). Quyida har bir mashq, nima tekshirilishi va jarima ballari. Hammasini bepul 3D simulyatorda Chevrolet Cobalt’da mashq qiling.

Bepul · ro‘yxatdan o‘tmasdan · telefon va kompyuterda

Avtodrom mashqlari — B toifa

Mashqlar tartibi

MashqNima tekshiriladi
1Harakatni boshlash (Start)kamar, chap ko‘rsatkich, 30 soniya ichida harakatni boshlash
2Piyodalar o‘tish joyito‘xtash chizig‘i oldida to‘xtash, piyodaga yo‘l berish
3Estakada (qiyalikda to‘xtash va yurish)qiyalikda (16 %) to‘xtash, orqaga 0,3 m dan ko‘p ketmaslik
490° burilishlarchap yo‘ldan tor yo‘lakka, ikki o‘tkir burilish
5Tartibga solingan chorrahasvetofor
6Ilon izipastdan kirib, tepadan chiqish; chiziqlarni bosmaslik
7Tartibga solingan chorrahasvetofor
8Boksga kirish (tor joyda qayrilish)yon boksga to‘liq kirish, orqaga yurib qayrilish
9Tartibga solingan chorrahaaylanib qaytib chapga burilish; chap ko‘rsatkich
10Temir yo‘l kesishmasiSTOP chizig‘i oldida to‘liq to‘xtash
11Tezlashish bo‘lagikamida 30 km/soat (ruxsat 40 km/soat)
12Avariya holatda to‘xtashsignaldan keyin 10 m ichida to‘xtash, 2 soniyada avariya chiroqlari
13Parallel parkovka (orqaga yurib)orqaga yurib cho‘ntakka to‘liq kirish, ko‘rsatkichlar
14Tartibga solingan chorrahao‘ng ko‘rsatkich, svetofor
15Harakatni yakunlash (Finish)FINISH dan keyin to‘xtash, P + qo‘l tormozi

Imtihon qoidalari

  • Tezlik chegarasi — 20 km/soat (+5 km/soat o‘lchov xatosi), tezlashish bo‘lagida 40 km/soat.
  • Umumiy vaqt — 25 daqiqa; ayrim mashqlarga alohida vaqt (estakada 2 daqiqa, boks va parkovka 3 daqiqa).
  • 100 ball — qo‘pol xato, imtihon darhol to‘xtaydi. Jami ball 99 dan oshmasa — topshirildi.
  • Doim tekshiriladi: chegara chizig‘ini bosish, yo‘ldan chiqish, tezlik, qo‘l tormozida yurish, mashqdan tashqarida orqaga yurish, chorrahada noto‘g‘ri burilish.

Har bir mashq batafsil

Boshqaruv (simulyator)

TugmaVazifa
W / ↑gaz (Shift — sekin)
S / ↓tormoz
A D / ← →rul
Spaceqo‘l tormozi
Bxavfsizlik kamari
Kdvigatel (kalit)
P R N Fuzatma P / R / N / D
Q / Echap / o‘ng ko‘rsatkich
Havariya chiroqlari
Ckamera
Xorqaga qarash (bosib turing)
M, Escxarita, menyu

Telefonda — ekrandagi tugmalar. Kamera: orqadan, haydovchi ko‘zi, yuqoridan.

Manbalar

  • lex.uz — mashqlar ro‘yxati, IIV vazirining 27-son buyrug‘i (18.01.2024)
  • Toshkent imtihon markazi tartibi (yim.uz)

Simulyator rasmiy imtihonning o‘rnini bosmaydi; ballar simulyatorda qo‘llaniladigan jadval.

Ko‘p so‘raladigan savollar

Imtihondan necha ball bilan o‘tiladi?

Jami 99 ball yoki undan kam — topshirildi. Bitta 100 ballik xato (yo‘ldan chiqish, qizil chiroq, piyodaga yo‘l bermaslik, temir yo‘lda to‘xtamaslik, marshrutdan chetga chiqish, vaqt tugashi) — darhol o‘tmadi.

Simulyator haqiqiy avtodromga mosmi?

Xarita O‘zbekiston avtodromi sxemasi bo‘yicha qurilgan (~160 × 82 m): yo‘llar, orollar, zebra, T shaklidagi maydonchalar, parkovka cho‘ntaklari va belgilar o‘z joyida. Mashina — Chevrolet Cobalt, avtomat uzatma.

Telefonda o‘ynasa bo‘ladimi?

Ha — brauzerda, yuklab olmasdan; boshqaruv ekrandagi tugmalar bilan.

Yana qarang